"Manchester Siti" muzokaralarni to'xtatdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 17:43
"Manchester Siti" jamoa sardori Vensan Kompani bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub muzokaralarni davom ettirish uchun joriy mavsum oxirini kutmoqchi. Eslatib o'tamiz, 32 yoshli belgiyalikning ingliz klubi bilan shartnomasi 2019 yil yozida yakuniga etadi.

Kompani klubda qolish uchun maoshi kamayishiga rozi. Ayni damda uning "Manchester Siti"dagi haftalik maoshi 220 ming evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports Mole