

Bu haqda "Fletcher Moss Reynjers" klubi kotibi Ron Jeymison ma'lum qildi. Rashford aynan shu jamoada faoliyatini boshlagan.
"U bizga o'z akasi bilan kelgan, o'sha paytda Markus "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin edi, ammo uning jussasi kichiligi tufayli shartnoma taklif qilishmadi. Biz uni o'z jamoamizga qo'shib oldik, MYU skautlari Rashfordga qiziqib qolishdi va Markus Manchesterga yo'l oldi" - deydi Jeymison.



