“Manchester Siti” himoyachisi jarohat oldi

“Siti”ning braziliyalik himoyachisi jarohatga yo'liqdi.

Braziliya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi o'yinda “Manchester Siti”ning himoyachisi Danilo jarohat oldi.

Futbolchi 53-daqiqada jarohati sabab, o'z o'rnini Fabinoga bo'shatib berdi. U maydonni ko'zda yoshlar bilan tark etdi.

Qayd etilishicha, Danilo APLning 20 oktyabr kuni “Byornli”ga qarshi o'tadigan 9-tur bahsini o'tkazib yuboradi. Futbolchining jarohati borasida biror ma'lumot ochiqlanmagan.


Manba: City Watch