“Manchester Siti” Dante uchun kurashga kirishdi

24 yanv 2014, 10:27
“Manchester Siti” markaziy himoya chizig'ini kuchaytirish uchun futbolchi izlashda davom etmoqda.

Ayni paytda “shaharliklar” “Bavariya” klubi himoyachisi Dantega qiziqishmoqda, deb xabar beradi Manchester Evening News.

Manbaning xabariga ko'ra, “Manchester Siti” 30 yoshli Braziliya terma jamoasi o'yinchisidan tashqari Eliakim Mangalya (“Portu”) va Kurt Zumaga (“Sent-Eten”) ham qiziqmoqda.

Agar yuqoridagi futbolchilarning biri qishki transferlar oynasida “Man Siti” tarkibiga o'tadigan bo'lsa, klub Joleon Leskottni “Vest Xem”ga qo'yib yubrishi mumkin.


Manba: sports.ru