“Man Siti”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi

Eldor Akmurzayev
3 yanv 2020, 20:02
Sky Sports xabar berishicha, “shaharliklar” himoyachisi Erik Garsiya va klub xodimida COVID-19'ga topshirgan test tahlillari ijobiy natija berdi.

Ular 10 kunlik karantinga olindi. Avvalroq, hujumchi Gabriel Jezus, himoyachi Kayl Uoker, shuningdek, nomi oshkor qilinmagan uch futbolchi va klubning 2 xodimida ham virus aniqlangandi. Shu tufayli APL 16-turiga belgilangan “Everton" – “Man Siti” o'rtasidagi bahs qoldirgan edi.

Pep Gvardiola shogirdlari bugun chempionat doirasida “Chelsi” bilan uchrashishi kerak. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports