Mamur Ikromov: "Yig'inga keyinroq qo'shilaman"

4 yanv 2014, 14:41
Bekobodning "Metallurg" jamoasi bugundan ikkinchi yig'inga kirishdi.
Rustam Mirsodiqov boshqaruvidagi jamoa a'zolari rejaga ko'ra bugun Chirchiqda yig'ilib tayyorgarlikning ikkinchi qismini boshlab yuborishgan.

Mahoratli posbon Mamur Ikromov klub ixtiyoriga yetib kelmagan. Buni Irkromovning o'zi shunday izohladi: - Ha, bugun reja bo'yicha jamoa Chirchiqda yig'inni boshladi. Lekin men bora olmadim. Chunki ko'zimni shamollatib olgandim. Shuning uchun uyda davolanyapman. Nasib qilsa bir haftadan keyin jamoa yig'iniga borib qo'shilaman - deydi 32 yoshli Mamur Ikromov.

Manba: championat.asia