Lyuk Shou 100 ming funtlik mashinasini "Bentli"ga urib oldi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 14:47
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou o'z "Renj Rover" mashinasida jamoadoshi Fil Jonsga tegishli "Bentli"ga urilib ketdi.

Voqea mankunianlar  klubi bazasida sodir bo'lgan.

Bir yil oldin haydovchilik guvohnomasini olgan Shou mashinasini ortga burayotgan paytda boshqaruv qo'ldan chiqardi.

Avariya natijasida hech kim jarohat olmadi, ikki mashinada ham kichik shikastlanish bor. Shouning "Renj Roveri" 100 ming funtga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun