

Ma'lumotlarga ko'ra, xitoyliklar iloji boricha tezroq milliy jamoani kuchli jamoaga aylantirishmoqchi va ularning fikricha, Lyov bu vazifani uddalaydi. Shu sabab tufayli "bundesmurabbiy"ga Xitoy terma jamoasini boshqarishni taklif qildi. Maoshga to'xtaladigan bo'lsak, nemis mutaxassisiga 2 yil uchun 50 mln. evro taklif qilishdi.
Germaniya terma jamoasi Lyov qo'l ostida 2014 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Murabbiyning nemis futbol ittifoqi bilan shartnomasi 2020 yilning 31 iyulida yakuniga etadi.



