Lukaku so'nggi 3 o'yinda 6 gol urdi

Mirjalol Normatov
7 mar 2019, 01:38
Ayni damda YCHLning 1/8 finali doirasida PSJ - "Manchester Yunayted" uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvning 2 va 30-daqiqalarida "Yunayted" futbolchisi Romelu Lukaku ikki bora gol urdi.

Shu orqali belgiyalik futbolchi jamoasi tarkibida so'nggi 3 o'yinda 6 gol kiritdi.

Bundan oldin Lukaku "Sautgempton" va "Kristal Pelas" darvozasiga ikkitadan gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia