Lukaku - mavsum boshidan beri futbolchilarning narxi bo'yicha eng katta o'sishga erishgan o'yinchi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 12:23
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku 2017/18 mavsum boshidan beri futbolchilarning narxi bo'yicha o'sishga erishgan 100 o'yinchi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Sport tadqiqotlari markazining (CIES) ma'lumotlariga ko'ra, belgiyalikning transfer narxi 55,6 mln. evroga o'sgan va hozirda 158,5 mln. evroni tashkil etmoqda.

Keyingi o'rinni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi - 145,8 mln. evro (+50,4 mln. evro). Sayyoramizning eng qimmat futbolchisi Neymar 6-o'rinda. Uning transfer narxi 28,4 mln. evroga o'sgan.

Kuchli o'nlik shunday ko'rinishda:

1. Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") – 158,5 mln (+ 55,8 mln) 

2. Kilian Mbappe (PSJ) – 145,8 mln (+ 50,4 mln) 

3. Paulo Dibala ("Yuventus") – 161,0 mln (+ 47,3 mln) 

4. Usman Dembele ("Barselona") – 137,5 mln (+ 45,0 mln) 

5. Aleks Oksleyd-Chemberlen ("Liverpul") – 58,7 mln (+ 31,7 mln) 

6. Neymar (PSJ) – 239,6 mln (+ 28,4 mln) 

7. Markus Reshford ("Manchester Yunayted") – 98,6 mln (+ 26,8 mln) 

8. Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti") – 131,3 mln (+ 25,6 mln) 

9. Muhammad Salax ("Liverpul") – 98 mln (+ 25,2 mln) 

10. Janluiji Donnarumma ("Milan") – 65,1 mln (+ 25,2 mln).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CIES