Lukaku: "Keyingi mavsumda MYU yanada kuchayadi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 14:08
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida "Brayton" (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz "Manchester Yunayted"miz, yildan yilga rivojlanishimiz kerak. Bilaman, keyingi mavsumda jamoa tarkibiga yana bir necha futbolchilar kelib qo'shiladi. Bu aniq. Sabrsizlik bilan tarkibning kuchayishini kutyapman, chunki keyingi mavsumda ligada chempionlikni qo'lga kiritishimiz kerak. Katta turnirlarda biz raqobatbardosh jamoa bo'lishimiz uchun kuch yetishmayapti deb o'ylamayman.

"Sevilya" bilan bahsda yaxshi o'ynay olmadik, shu boisdan tanqidlarni to'g'ri qabul qilamiz", - dedi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo