Luka Modrich shu yozda "Real"dan kyetmaydigan bo'ldi

Alisher
9 avg 2019, 15:55
Yarim himoyachi Luka Modrich shu yozgi transferlar mavsumida "Real"dan kyetmaydi.

Xavbekning agenti Vlado Lemich o'yinchi keyingi mavsumni ham "qirollik klubi"da o'tkazishini aytib o'tdi.

Oldinroq, 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi PSJ hujumchisi Neymar bilan bo'ladigan bitimga kirishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragan edi.

Xorvatiyalik shuningdek Zvonimir Boban tufayli "Milan"ga ham o'tishi mumkin edi.

Luka 2012 yilda "Real" futbolchisiga aylangan edi. U madridliklar tarkibiga "Tottenxem"dan kelib qo'shilgan.

Futbolchi o'tgan mavsum "Real" libosida 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca