Luka Modrich “Real” safida ilk bor boshi bilan gol urdi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2020
“Real” La Liga 16-turi doirasida “Elche” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

O'yinda hisobni 20-daqiqada Marko Asensioning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgach unga boshi bilan zarba bergan Luka Modrich ochdi. Xorvatiyalik futbolchi “Real” safida ilk bor boshi bilan gol urdi. U bu ishni Madrid jamoasi safidagi 364-o'yinida uddaladi. Modrichning “Real”dagi jami gollari soni esa 26 taga etdi.

Luka 2012 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. U klub bilan 17 ta sovrin yutgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta