Luka Modrich: "Messi – ajoyib futbolchi. Xorvatiya uni to'xtatishi oson bo'lmaydi, ammo biz tayyormiz"

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2022, 20:52
Luka Modrich JCH-2022 yarim finalida Argentinaga qarshi o'yindan avval Lionel Messi haqida fikr bildirib o'tdi.

"Men maydonga tushishni istayman va bunga tayyorman, lekin bu bitta odamga bog'liq narsa emas. Albatta, Messi – ajoyib futbolchi. Uni to'xtatib qolishimiz ancha qiyin bo'ladi, biroq bunga tayyormiz. Vatan uchun maydonda bor kuchimizni beramiz", – dedi "Real Madrid" va Xorvatiya termasi yarim himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya va Argentina ertaga, 13 dekabr kuni ro'baro kelishadi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru