Luka Modrich JCH-2022dan so'ng Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
17 avg 2021, 16:20
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022dan so'ng Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.

Musobaqa 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo'lib o'tadi. Xorvat o'sha vaqtda 37 yoshga kiradi.

U terma jamoa tarkibida 2006 yilning 1 martidan beri o'ynaydi. Luka terma jamoada umumiy 142ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishdi.

Modrich 2018 yilda "Oltin to'p"ni oldi. U Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Rossiyada o'tgan JCH-2018 finaliga qadar yetib borgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca