Luis Suares AQSHga ketishni o'ylab qoldi

22 avg 2019, 09:05
Urugvaylik futbolchi “Barselona”dan keyin MLS’da to'p surishi mumkin.

Suares Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami” klubiga o'tishi mumkin. Ushbu jamoa kelasi mavsumdan MLS’da ishtirokini boshlaydi. Luis esa kelasi mavsum AQSHga ko'chib o'tishni rejalashtirmoqda. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, 2020 yilda Edinson Kavani erkin agent sifatida Bekxem jamoasi safiga qo'shilishga rozilik bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo