Luis Suares: "Agar jamoadoshlarim bo'lmaganida buncha ko'p gol ura olmasdim"

Tolibjon Qosimov
6 noya 2013, 15:35
"Liverpul" hujumchisi Luis Suares jamoa yaxshi natijalarga erishayotganini ma'lum qildi.
"Hozir "Liverpul" yaxshi yo'nalishda ketmoqda, shunday tarzda yangi yilga qadar yetib borsak zo'r bo'lardi. O'ylashimcha, ko'plab g'alabalar hali oldinda va umid qilamanki mavsum oxiriga kelib biz YCHLga yo'llanma olamiz. Bu jamoaning maqsadlaridan biri.

Har bir o'yinda gol ursang va jamoa g'alaba qozonsa bu ajoyib, ammo agar jamoadoshlarim bo'lmaganida buncha ko'p gol ura olmasdim. Ularga rahmat.

Starridj – fantastik futbolchi va hujumdagi yaxshi sherik. U bilan yaxshi chiqishib ketdik" – deydi Suares.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru