

“Messining oyog'iga bir necha bor tepganman. Chunki uni shunchaki to'xtatib qolishning ilojisi yo'q. Ammo Leo hech qachon follar uchun meni ayblamagan. Messini o'yinlaridan hayratlanaman. Bu qanday futbolchi ekanligini yaxshi bilaman. U “Oltin to'p”ni har doim yutishi kerak. Muxlislar ham uning o'yinidan shunchaki rohatlanishi lozim. Bunday darajadagi o'yinchi yana qachon paydo bo'lar ekan? Balki 10 balki bir necha 10 yillikdan so'ng. Bu - fenomen”, - deydi Felipe Luis.



