Luis Enrike: "Barselona"ning eng jiddiy raqibi - "Atletiko", keyin "Real"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2016, 13:56
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatidagi asosiy raqiblari o'yinini tahlil qildi.

"Eng jiddiy raqibimiz "Atletiko", keyin "Real". Chempionlikni hal qiluvchi davr boshlandi. Men milliy birinchilikni yuta olishimizni tahlil qilmoqchi emasman. Agar Primeroda boshqa jamoa g'olib chiqsa, demak ular ko'proq ochko to'plagan bo'ladi. Raqiblar yaqin kelsa, biz e'tiborliroq bo'lamiz. Ikki uchrashuvda g'alaba qozona olmasak, imkoniyatlarimiz kamayib ketadi. "Bavariya"ni misol qilib ko'rsatishim mumkin, ular juda qulay vaziyatda edi" - deydi Luis Enrike.

Primero turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS