Luchesku: "Dzyuba bilan ajoyib munosabatdamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2023
"Zenit" sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku hozirda "Lokomotiv" sharafini himoya qilayotgan Artem Dzyuba haqida gapirdi.

"U fantastik futbolchi! Men uni yaxshi ko'raman, Artem har qanday holatda ham pozitivlikni saqlab qola oladi. Dzyuba raqobatdan qo'rqmaydi. Men uni birinchi marta "Zenit" sardori etib tayinlagandim, keyinroq terma jamoada ham bog'ichni unga topshirishdi! Biz ajoyib munosabatdamiz. Doimo rossiyalik futbolchilarga yordam berardim. Ayniqsa, Dzyuba, Kokorin va Smolnikovga.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru