Mircha Luchesku komaga tushib qoldi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026
Ruminiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Mircha Luchesku ikki yurak xurujidan so'ng og'ir aritmiyadan aziyat chekmoqda.

Ruminiyalik jurnalist Emanuel Roshuning xabar berishicha, 80 yoshli murabbiy og'ir aritmiya tufayli sun'iy komaga tushirilgan.

Qisqa vaqt ichida holati yaxshilanganiga qaramay, murabbiyning ahvoli yomonlashib qoldi va Luchesku endi hayoti uchun kurashmoqda.

Hamkasbini ko'rgani borgan Ruminiya terma jamoasi texnik direktori Mixay Stoykice uning dardi haqida quyidagilarni aytdi:

“U hayot uchun zarur apparatga ulangan. U bilan gaplasha olmadim, faqat qo'liga tegdim. Umid oxirida o'ladi, lekin odamni bunday holatda ko'rish yurakni ezadi”, – dedi Stoykice.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN