Loris Karius: "Ramos CHL finalidagi zarba uchun kechirim so'ramadi"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 18:45
Ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan "Liverpul" darvozaboni Loris Karius Chempionlar ligasi finalida "Real" himoyachisi Serxio Ramos bilan bo'lgan to'qnashuv haqida gapirib berdi.

Ramos Kariusga tirsagi bilan zarba berdi, nemis xato tufayli 2ta gol o'tkazib yubordi. Keyinroq posbonda miya chayqalishi aniqlandi.

"Zarba yo'naltirilgan ekanligini faqat Ramos biladi. Biroq u mendan kechirim so'ramadi.

Testlardan so'ng ko'rish qobiliyatimda pasayish borligi aniqlandi. Normal holatda bunday xato qilmagan bo'lardim" - deydi Karius.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild