Lopetegi yana terma jamoani boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018, 12:09
"Real" sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yaqin vaqt ichida terma jamoa ustoziga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga AQSH futbol federatsiyasi qiziqish bildirmoqda. Amerikaliklar Lopetegini jamoa natijalarini ijobiy tomonga o'zgartira oladigan murabbiy sifatida ko'rmoqda. Ayni damda milliy jamoada ko'plab yosh futbolchilar bor va AQSH Lopetegi tajribasidan foydalanmoqchi.

Ayni damda AQSH terma jamoasini vaqtincha Deyv Sarachan boshqarmoqda. Milliy jamoa uning qo'l ostida Angliya (0:3) va Italiyaga (0:1) mag'lub bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning iyun oyida Ispaniya terma jamoasini tark etgan Lopetegi oktyabr oyi oxirida "Real"dan haydalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS