

Klub safi har mavsum avvalida yangi mahoratli futbolchilar bilan to'ldirilmoqda. Shuningdek, jamoa tarkibini o'z tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirish borasida ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilmoqda. Qolaversa, klub brendini yanada ommalashtirish masalasida ham “Lokomotiv”ning ahil jamoasi samarali faoliyat olib bormoqda. Natijada, “temiryo'lchilar” jamoasiga muxlislik qiladigan auditoriya borgan sayin ortib bormoqda.
Mamnuniyat bilan e'lon qilmoqchimizki, yaqin soatlar ichida jamoamiz “tarkibi” yana bir yulduz bilan to'ldiriladi. Ushbu “futbolchi”ning kim ekani va jamoamizda nechanchi raqamga ega chiqishi haqida yaqin soatlar ichida bilib olasiz!
"Lokomotiv" matbuot xizmati




