“Lokomotiv” klubi yangi futbolchilarini bank ofisida tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2018, 13:28
Ertaga “Lokomotiv” davralar oralig'ida jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

Taqdimot marosimi OFB-Orient Finans Bank  bosh ofisining konferenciyalar zalida bo'lib o'tadi. Uning boshlanish vaqti – 11:00.

Yangi o'yinchilarning tanishtiruv marosimiga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etiladi.

Manzil: M. Ulug'bek tumani, Osiyo ko'chasi 5-uy (Orient Finans Bank bosh ofisi)

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" klubi yozda o'z safiga Anzur Ismoilov, Temurxo'ja Abduxoliqov va Nikolay Pogrebnyak kabi futbolchilarni qo'shib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz