“Lokomotiv” gollandiyalik futbolchiga qiziqayotgani yo'q

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2016, 16:36
Bir necha kundan beri internet saytlar, shuningdek turli ijtimoiy tarmoqlarda “Lokomotiv”ga Gollandiyadan hujumchi kelayotgani qizg'in muhokama qilinmoqda.

Ammo shuni ma'lum qilamizki, “Lokomotiv” futbol klubi murabbiylar shtabi hech bir gollandiyalik futbolchiga qiziqayotgani yo'q hamda bu borada gap-so'z ham bo'lmagan.

Albatta, imkon bo'lishi bilan jamoamiz safiga xorijlik hujumchi kelib qo'shilishi mumkin, lekin bu o'yinchi Gollandiyadan bo'lmaydi. Ma'lumki, “temiryo'lchilar” mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Dubayda olib borishmoqda va klub tarkibiga yangi futbolchi kelib qo'shilishi hamonoq buni rasman e'lon qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz