Loris Fransiya darvozasini qo'riqlamaydi

4 sen 2018, 08:25
“Tottenhem” va Fransiya terma jamoasi posboni Ugo Loris Millatlar ligasi musobaqasida Germaniya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi kechadigan bellashuvlarda maydonga tushmaydi.

Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jarohatlangan Loris o'rniga Dide Desham “Monpele” posboni Benjamin Lekomtni taklif etgan.

Fransiya termasi 6 sentyabr kuni Germaniyaga qarshi safarda, 9 sentyabrda esa o'z maydonida Gollandiya termasi bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Фрация ФФ расмий сайти