

Jamoa 17 iyul kuni Brisbenda "Brisben Roar", 20 iyulda Adelaidada "Adelaida Yunayted" bilan o'ynaydi. Bu ma'lumotga klub ijrochi direktori Ien Eyr izoh bildirdi.
"Biz ilk marotaba Avstraliyaga ikki yil oldin borgan edik va muxlislar bizni hayratomus darajada qo'llagan. "Liverpul"ning Avstraliyadagi ishqibozlari soni 600 mingdan ortiq. "Brisben Roar" va "Adelaida Yunayted"ga qarshi o'yin, mavsumga tayyorgarlikning bir qismidir" - deydi Eyr.



