"Liverpul" rahbariyati "Enfild"ning sig'imini oshirmoqchi

Alisher
22 noya 2019, 10:42
"Liverpul" rahbariyati "Enfild"ning sig'imini yaqin yillarda 60 mingga qadar ko'paytirmoqchi.

"Biz stadionni kattaroq qilishni istaymiz, bu esa muxlislarga Yevropadagi eng katta o'yinlarni stadiondan turib tomosha qilish imkoniyatini yaratadi", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, "Enfild" ayni damda o'z bag'riga 54074 ming muxlisni sig'dira oladi.

Stadion 1884 yilda ochilgan va 1892 yilga qadar bu yerda "Everton" o'z uchrashuvlarini o'tgazgan. Bundan buyog'iga esa "Liverpul" bu yerda uy uchrashuvlarini o'tkazmoqda.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ВВС