"Liverpul" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi

Alisher
10 apr 2021, 20:55
Tez orada APL 31-tur doirasidagi "Liverpul" - "Aston Villa" o'yini yakunlandi.


"Liverpul" – "Aston Villa" 2:1

10 aprel, 17.00, "Enfild"

Gol:  43- Uotkins 0:1, 57- Salax 1:1, 90+1 - Aleksander-Arnold 2:1

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Kabak, Robertson, Fabino, Milner, Salax, Veynaldum, Diogu Jota, Firmino.

"Aston Villa" – Martines, Mingz, Targett, Konsa, Kesh, Makginn, Nakamba, Duglas Luis, Trezege, Traore, Uotkins.

 

YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+1. GOOOOOOOOOOOL. Aleksander-Arnold hisobni o'zgartirdi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

87. O'zgarish: Shakiri maydonga tushdi, u Kabakni alishtirdi

82. O'zgarish: Trezegening o'rniga Jeykob Remsi maydonga tushdi

77. ZARBAA. Barkli jarima tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq noaniq

75. O'zgarish: Firmino alishtirildi, uning o'rniga Mane maydonga tushdi

74. Ogohlantirish: Robertson maydon markazida qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

73. Ogohlantirish: Mett Targett ogohlantirildi

68. O'zgarish: Traorening o'rniga Anvar El-Gazi maydonga tushdi

66. O'zgarish: Marvelus Nakambaning o'rniga Ross Barkli maydonga tushdi

65. Ogohlantirish: Milner ogohlantirildi

62. UXXXXXXX. Trezege jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, to'p to'cinga tegdi

Robetson jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, Martines to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Salax boshi bilan gol urdi

57. GOOOOOOOOOOL. Salax hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'lim to'liq mezbonlarning hujumlari ostida o'tmqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

VAR Firminoning golini hisobga olmadi

45+2. GOOOOOOOOL. Firmino hisobni tenglashtirdi  

Hakam birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

43. GOOOOOOOOOOL. Uotkins darvozabon bilan birga bir chiqdi va gol urdi

36. ZARBAAA. Firmino qanotdan to'pni Salaxga uzatib berdi, biroq misrlikning zarbasi yana nonaiq

32. UXXXXXXX. Jotaning zarbasi birozgina noaniq bo'ldi

31. ZARBAAA. Aleksander-Arnoldning jarimadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq

28. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar himoyachi maydonda jarohat olib yotibdi

25. Ogohlantirish: Konsa ogohlantirildi

19. ZARBAA. Jota jarima tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq

Uchrashuv to'liq mezbonlarning hujumlari ostida o'tmoqda

15. ZARBA. Firminoning kuchli zarbasi biroz noaniq

13. ZARBAAA. Jota Salaxga to'pni uzatdi, misrlik futbolchining zarbasi biroz noaniq ketdi

5. ZARBAAAA. Muhammad Salah kuchli zarba yo'lladi, biroq darvozabon qaytarib yubordi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia