"Liverpul" Asensio uchun 50 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2017, 16:13
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real" yarim himoyachisi Marko Asensioga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydlar 21 yoshli futbolchi uchun 50 mln. evro taklif qilishdi. Ammo "Qirollik klubi" o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas. Asensioning o'zi ham ispan grandida qolishni maqul ko'radi. Asensio joriy mavsum LaLiganing 17 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS