"Liverpul" 3 nafar himoyachiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 16:59
"Qizillar" mudofaa chizig'ini kuchaytirishi mumkin.

"Caught Offside" xabariga ko'ra, "Liverpul" 3 nafar himoyachiga qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" qiziqishlari orasida Pero Inkapie ("Bayer"), Antoniu Silva ("Benfika") va Gonsalo Inasiu ("Sporting") bor.

Bundan tashqari, hammasi mersisaydliklarning kadrlar holati va transfer bozoridagi vaziyatga bog'liq bo'ladi. Qishda "qizillar" o'z himoyachilarining holati va yuqorida tilga olingan futbolchilarning mavjudligiga baho beradi.

"Liverpul" qishda emas, balki yozda yangi himoyachilarni sotib olishi uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside