"Lion" 2003 yilda Ronalduni xarid qilishni istamagan ekan

Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2018, 01:45
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Verelning aytishicha, "Lion" 2003 yilning qishida Krishtianu Ronulduni xarid qilish imkoniyatidan foydalanmagan.

"O'shanda murabbiy menga ishonmay qo'ygandi. O'z o'rnida men "Lion"dan ketishni istab qoldim. Menga "Sporting" tomonidan qiziqish bo'layotgandi. Ular men uchun Ronalduni taklif qilishgandi. "Lion" ushbu transferga ko'nmagandi. Ular meni sotmoqchi bo'lishgan. Klubdagilar bu qaror uchun haliyam afsuslanishsa kerak deb o'ylayman" - dedi Verel.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Canal+