

“Shunchaki bizning uchrashuvlarga tashrif buyurayotgan skautlar ro'yxatiga e'tibor qarating. Bizda Fransiyaning eng xaridorgir futbolchilari to'p tepishmoqda. Joze Mourinyo jamoamiz sport direktori Luis Kamposning do'sti, u ham jamoamiz haqida iliq fikrlar bildirmoqda. U ham tez orada yangi jamoada paydo bo'lishi mumkin. Bizning futbolchilarni Joze diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deya Lopesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
Ilgariroq OAVlarda portugaliyalik mutaxassis “Roma” bilan muzokaralarga kirishganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Shuningdek, Joze Fransiya klublaridan birida ish boshlashi mumkinligi ham inkor etilmayapti.


