Liga 1. PSJ safarda ochko yo'qotdi va chempionlik masalasini yanada qiyinlashtirdi

Eldor Akmurzayev
10 may 2021, 02:13
Fransiya chempionati 36-turidan o'rin olgan "Renn" – PSJ bahsida g'olib aniqlanmadi (1:1).

O'yinda hisobni 1-taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Neymar penaltidan ochdi. Keyingi bo'limda esa mezbonlar hujumchisi Sexru Girassi hisobni tenglashtirdi. 

Asosiy bo'lim tugashiga oz qolganida Presnel Kimpembe raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka oldi va parijliklar o'yinni 10 kishi bo'lib yakunlashdi. 

PSJ 76 ochko bilan chempionat jadvalida 2-o'rinda qoldi. Ulardan 3 ochko ko'p to'plagan “Lill” esa chempionlik uchun yaqin turibdi. 

"Renn" – PSJ 1:1 (0:1, 1:0)

"Roazon Park"

Gollar: 0:1 – 45, penalti Neymar, 1:1 – 70 Girassi.

"Renn" – Gomis, Agerd, Da Silva, Mauassa (Dalbert, 78), Traore (Soppi, 90), Burijo, Ugoshukvu (Grene, 61), Doku, Te, Tere (Diuf, 79), Girassi (Del Kastiyo, 90).

PSJ – Navas, Kimpembe, Dagba (Florenci, 80), Kurzava (Diallo, 55), Markinos, Danilu Pereyra, Errera (Guye, 70), Di Mariya (Rafinya, 69), Draksler (Ikardi, 80), Kin, Neymar.

Ogohlantirishlar: Agerd (45), Errera (57), Diuf (80), Del Kastiyo (89), Te (90).

Chetlatish: Kimpembe (87).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia