"Lids" Kvaratsxeliyaning agenti bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
27 apr 2021
"Rubin" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Lids" sport direktori Viktor Orta 20 yoshli gruzinning agenti bilan muzokaralar o'tkazdi. Angliyada ishlashga ruxsat berish bilan bog'liq muammolar transferga to'sqinlik qilishi mumkin.

Oldinroq Gruziya terma jamoasi futbolchisining "Yuventus"ga o'tishga yaqinligi aytilgan edi.

Kvaratsxeliya joriy mavsum RPL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: FootballFancast