Levandovskining "Barselona"ga o'tish extimoli oshgan

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 17:12
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, bir necha hafta oldingi holatdan ko'ra, hozirda uning "Barselona"ga transfer qilinishi extimoli oshgan. Barchasi "Barselona"ning transfer uchun to'laydigan puliga bog'liq. "Bavariya" transfyerdan kamida 60 million evro ishlab olmoqchi. "Barsa" esa 40 milliondan ko'p to'lay olmaydi.

Levandovskining "Barselona" bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma borasida og'zaki kelishuvi bor, ammo klublar faqatgina transfer summasini kelisha olmayapti.

O'tgan mavsumda forvard "Bavariya" tarkibida 50 o'yinda 46 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal