Levandovskidan qoyilmaqom natija

15 avg 2020, 08:08
Robert gol urishdan to'xtamayapti.

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski YCHL 1/4 finalida “Barselona“ga qarshi (8:2) bahsda gol urishga erishdi. Bu polshalik hujumchi uchun YCHL joriy mavsumida ketma-ket 8 ta o'yinda urilgan 14-gol bo'ldi.

Bunday natijaga avval faqat ikki futbolchi erishgandi: Krishtianu Ronaldu va Rud van Nistelroy. Ronaldu 2013/14 yilgi mavsumda 8 ta o'yinda 14 ta gol urgan. 2016/17 hamda 2017/18 yilgi mavsumlar davomida ketma-ket 11 ta o'yinda 17 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta