Levandovski The Guardian nashri tomonidan eng yaxshi futbolchi deb topildi

Оқил Абдубарноев
24 dek 2021, 19:17
Nufuzli The Guardian nashri ushbu yilning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi.

E'tiborlisi, Britaniya matbuotining reytingi francuz jurnalistlari tomonidan o'tkazilgan "Oltin to'p" uchun ovoz berish natijalaridan keskin farq qiladi.

Unga ko'ra, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi PSJ pleymeykeri Lionel Messi emas, balki "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski topildi – argentinalik hujumchi ikkinchi pog'onani egallagan. Kuchli uchlikni "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh yakunlagan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Jorjino, Kilian Mbappe va Erling Xoland kuchli sakkizlikka kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Guardian