Levandovski qayerda o'ynashi borasida yakuniy qarorga keldi

8 avg 2018, 15:59
Bu haqda "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Goal.com" nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Men Robert bilan uning kelajagi borasida alohida o'tirib gaplashib oldim. Men Levandovski haqida nimani o'ylayotganimni unga aytdim. "Robert qanday salohiyatga ega hujumchi ekanligini "Bavariya"da barcha biladi. Levandovski shubhasiz jahonning eng kuchli uch hujumchisidan biri sanaladi. Biz uni qo'yib yubormaymiz. Bu aniq. Bu haqda men unga ma'lum qildim va Robert bu qarorni qabul qildi. Voqealardan bunday rivoji esa albatta meni quvontirmay qolmadi", - dedi Niko Kovach.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia