Levandovski YCHLda 50ta golni 77 o'yinda kiritdi

Tolibjon Qosimov
28 noya 2018, 16:27
Kecha tunda YCHL 5-turi doirasida "Bavariya" jamoasi "Benfika"ni qabul qildi va 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu bellashuvda myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski dubl qayd etdi. Polshalik forvardning birinchi goli Chempionlar ligasida yubiley 50-gol bo'ldi.

YCHLda 50ta gol urish uchun Robertga 77ta o'yin kerak bo'ldi. Bu musobaqa tarixidagi uchinchi yaxshi natija.

Chempionlar ligasida 50ta golni Levandovskidan ko'ra tezroq faqat Ruud van Nistelroy (62 o'yin) va Lionel Messi (66 o'yin) kiritgan.

Bundan tashqari, Leva ushbu musobaqada ko'p gol urish bo'yicha oltinchi pog'onaga ko'tarilib oldi (51ta gol). Undan ko'proq golni Ruud van Nistelroy (56 gol), Karim Benzema (59), Raul (71), Lionel Messi (105) va Krishtianu Ronaldu (121) kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka