"Lester" xo'jayinlari Koutinoning transferini maqullashdi

Alisher
5 may 2020, 17:47
Braziliyalik APLga qaytishi mumkin.

"Lester" egalari "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi bo'yicha muzokaralarga ruxsat berishdi.

"Barselona" Koutinoning transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi. "Lester" braziliyalik uchun belgilangan pulni tushirishni mo'ljallayapti.

Koutino ayni damda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda. Myunxenliklar yozda Filippening huquqini sotib olishmaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness