"Lester" tarkibini Fransiya chempioni bilan kuchaytirdi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2021, 19:42
Transfer summasi oshkor qilinmagan.

Angliyaning "Lester" klubi o'z tarkibini Fransiya chempioni bo'lgan "Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumare bilan kuchaytirdi. Transfer summasi hozircha oshkor qilinmagan. "Tulkilar" futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Sumarega "MYU" ham qiziqish bildirgandi.

Futbolchi o'tgan mavsumda "Lill" safida barcha turnirlarda 43 uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/LCFC