Lempard "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlaganini izohladi

Оқил Абдубарноев
2 may 2022, 00:51
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabani hissiyotlar bilan nishonlaganini tushuntirdi.

Eslatib o'tamiz, Lempard boshchiligidagi "irislar" angliyalik futbolchi o'ynagan va boshqargan London klubini mag'lub etdi (1:0).

"Chelsi" muxlislarini qattiq hurmat qilaman. Shu bois g'alabadan keyingi his-tuyg'ularimni tushunishadi deya umid qilaman.

G'alaba bizga ulardan ko'ra ko'proq kerak edi. Bugun faqat "Everton" haqida o'yladim. Qo'lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim", - dedi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal.com