

Unda mezbon jamoa “Real Sosedad” “Deportivo”ni o'z maydonida qabul qilib 5 ta to'p farqi bilan g'alaba qozondi. E'tiborlisi ushbu o'yinda “Real Sosedad” tarkibida “Real Madrid”ning sobiq uch o'yinchisi gol kiritishga erishdi. “Madrid” jamoasi tarkibida muqim o'rin egallay olmagan Joze da Silva Villian, Aser Ilyarramendi va Serxio Kanales “Real Sosedad”ga muhim va ishonchli g'alabani taqdim etdi.



