La Liga. "Atletiko" 3-o'ringa ko'tarildi

24 iyun 2020, 00:25
Ispaniya chempionati 31-tur bahslari davom etadi.

Bugun "Levante" mexmoni bo'lgan Diego Simeone shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishdi (1:0). Ushbu g'alabadan keyin "matraschilar" "Barselona" bilan o'yinda ochko yo'qotgan "Sevilya"dan o'zib, musobaqa jadvalida 3-pog'onaga ko'tarilib oldi. "Xetafe" esa "Valyadolid" bilan murosa ko'chasini tanladi.

Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.

Levante – Atletiko 0:1 

23 iyun, 22.30, Estadio Camilo Cano

Gol:

0:1 – 15, avtogol Bruno Gonsales.

Levante – Fernandes, Bruno Gonsales, Vezu, Tono, Koke (Morales, 60), Bardi (Ernani, 82), Radoya, Rochina, Vukchevich (Kampanya, 60), Roxer Marti (Miramon, 60), Leon (Mayoral, 70).

Atletiko – Oblak, Ermoso (Ximenes, 59), Aryas, Lodi, Savich, Koke, Lorente (Korrea, 59), Tomas (Morata, 84), Saul, Ferreyra Karrasko (Joau Feliks, 60), Diego Kosta (Errera, 80).

Ogohlantirishlar:

Koke (27), Vukchevich (50), Saul (69), Morales (81), Morata (90), Tono (90).

Valyadolid – Xetafe 1:1

23 iyun, 22.30, Xose Sorrilya

Gollar:

0:1 – 41 Mata, 1:1 – 45, penalti Unal.

Valyadolid – Masip, Moyyano, Nacho Martines, Salisu, Xoakin Fernandes, Toni Vilya (Ervias, 60), Alkaras, San-Emeterio (Olivas, 72), Gvardiola (de la Fuente, 72), Unal, Plano (Kike Peres, 90).

Xetafe – Soriya, Nom (Molina, 64), Suares, Djene, Kukurelya (Portilo, 83), Arambarri, Maksimovich (Djeyson, 83), Olivera, Echeyta, Mata (Timor, 84), Duro (Anxel Rodriges, 71).

Ogohlantirishlar:

Unal (22), Nom (23), Djene (45), Salisu (49), Xoakin Fernandes (57), Alkaras (85), Olivas (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia