"Kuchli-beshlik"dagi barcha to'purarlar va assistentlar FOTO

Yevropaning kuchli-beshlik chempionatlaridagi barcha to'purarlar va eng yaxshi assistentga aylangan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.

TOP-5 ligalardagi to'purarlar orasidan eng ko'p gol urgan futbolchi bu "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bo'ldi. Argentinalik futbolchi La Liganing joriy mavsumida 34ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Eng yaxshi assistentlar orasida esa Kevin De Bryuyne APLda 16ta golli uzatma bilan "kuchli-beshlik"dagi eng yaxshi assistentga aylandi.

Italiya A Seriyasida esa Mauro Ikardi va Chiro Immobile hisobida bir xildan 29ta gol mavjud. Immobilega 29ta gol urish uchun 33 o'yin kifoya qildi. Ikardi esa 34 uchrashuvda shuncha gol urdi. Kiritilgan gollarning 7tasini Immobile penaltidan urgan, Ikardi esa 6 marotaba 11-metrlik nuqtadan adashmagan.

Quyida "kuchli-beshlik"dagi barcha to'purarlar va eng yaxshi assistentlar ro'yxati bilan tanishing:


Bundesliga

Robert Levandovski ("Bavariya") - 29 gol (30 o'yin)

Tomas Myuller ("Bavariya") - 14 golli uzatma (29 o'yin)


A Seriya

Mauro Ikardi ("Inter") - 29 gol (34 o'yin)
Chiro Immobile ("Lacio") - 29 gol (33 o'yin)

Luis Alberto ("Lacio") - 14 golli uzatma (34 o'yin)


APL

Muhammad Saloh ("Liverpul") - 32 gol (36 o'yin)

Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") - 16 golli uzatma (37 o'yin)


Fransiya 1 Liga

Edinson Kavani (PSJ) - 28 gol (32 o'yin)

Neymar (PSJ) - 13 golli uzatma (20 o'yin)
Dimitri Paye ("Marsel") - 13 golli uzatma (31 o'yin)
Memfis Depay ("Lion") - 13 golli uzatma (36 o'yin)


La Liga

Messi - 34 gol (36 o'yin)

Luis Suarez ("Barselona") - 12 golli uzatma (33 o'yin)
Pablo Fornals ("Vilyarreal") - 12 golli uzatma (35 o'yin)
Messi ("Barselona") - 12 golli uzatma (36 o'yin)


Manba: championat.asia