Kubo "Al Hilol" taklifini rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2023, 15:12
Yaponiyalik futbolchi hali Osiyoga qaytmoqchi emas.

"Al Hilol" Kuboning shartnomasidagi 60 million evro etib belgilangan tovon pulini ishga solishga tayyor edi. Ushbu summa "Real Sosedad" va "Real Madrid" ("Qirollik klubi" futbolchi transferining 50%ga egalik qiladi) o'rtasida 30 milliondan bo'lib olinardi. 

Yaponiyalikka esa saudiyaliklar 4 yillik shartnoma yiliga 40 million evro maosh taklif qilishdi, ammo Take bu taklifni rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano