

Kolumbiyalik futbolchi Chempionlar ligasida "Chelsi" ustidan qozongan g'alabasi bilan juda faxrlanishini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, agar jamoa o'zining jangovar fazilatlarini namoyish qila olsa va futbol maydonida birdamlikda harakat qilsa, bundan zavqlanadi.
Kuadrado Krishtianu Ronalduning ketishi Turin o'yiniga ta’sir qiladimi degan savolga ham javob berdi. "U "Yuventus"ga nimalar taqdim qilganini yaxshi bilamiz. Uning mahoratiga hech kim shubha qilmaydi. Ammo Krishtianuning yo'qligini sezdirmaslik uchun astoydil harakat qilamiz", - deydi futbolchi.



