Kroos "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatni izohladi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2022, 20:29
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos La Liganing 29-turi doirasida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatni qanday qabul qilgani (0:4) haqida gapirdi.

Nemis futbolchisi "qaymoqranglilar" raqibiga qarshilik qila olmagani va haqli ravishda mag'lub bo'lganini tan oldi.

"O'sha oqshomni unutish kerak. Biz haqli mag'lubiyatga uchradik, o'tkazib yuborilgan to'pdan so'ng o'yin maydonning faqat bir tomonida jarayon kechdi, bu holat bizni umidsizlikka tushirib yubordi", - deydi Kroos.

29-turdan so'ng "Real Madrid" Ispaniya chempionati turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi "Sevilya"dan 9 ochkoga oldinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport.es